“O‘quv-mashg`ulot markazi” MChJ korrupsiyaga qarshi siyosati
Termin va tushunchalar.
Korrupsiya – o‘z lavozim yoki xizmat vazifalaridan moddiy yoki nomoddiy foyda olish maqsadida, shaxsiy manfaat yoki boshqa shaxslar manfaati uchun foydalanish orqali manfaatning noqonuniy taqdim etilishidir;
Korrupsiya huquqbuzarligi- korrupsiya belgilarini o‘z ichiga olgan, qonunchilikda javobgarlik ko‘zda tutilgan harakat;
Qarashlar qarama-qarshiligi — shaxs tomonidan lavozim yoki xizmat vazifalarini bajarishda ta’sir qiluvchi shaxsiy manfaatlarda hosil bo‘ladigan vaziyat, bunda, tashkilot, korxona, jamiyat yoki davlat fuqarolari qonuniy manfaatlari va shaxsiy manfaat va huquqlari orasida hosil bo‘lgan yoki bo‘ladigan qarama-qarshiliklar kiradi.
“O‘quv-mashg`ulot markazi” MChJ KORRUPSIYAGA QARSHI SIYOSATI KORXONANING QONUNGA VA ISHBILARMONLIK MUNOSABATLARIDAGI YUQORI ETIK STANDARTLARGA ITOATLILIGINI, HAMDA MCHJNING KORPORATIV MADANIYATINI VA XIZMAT REPUTATSIYASINING MUKAMMALLIGINI NAMOYON ETADI.
Korrupsiyaga qarshi siyosatning asosiy tamoyillari.
- MChJ korrupsiyaga qarshi siyosatining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining amaldagi va umumqabul qilingan korporativ o‘zaro munosabatlarning normalariga muvofiqligi tamoyili.
- Rahbariyatning shaxsiy namunaviyligi tamoyili. MChJ rahbariyati korrupsiyaga sabrsizlik madaniyatini shakllantirishda va korrupsiyani ogohlantirish va unga qarshi kurashni tashkil etishda yetakchi rolni bajaradi.
- Xodimlarni jalb qilish tamoyili. Xodimlar MChJ korrupsiyaga qarshi siyosati bilan tanishganlar, hamda doimiy va tizimli ravishda O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi qonunchiligi nizomlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar va korrupsiyaga qarshi standart va tadbirlarni shakllantirishda va o‘tkazishda faol ishtirok etadilar.
- O‘qishga keladigan xodimlarni jalb qilish tamoyili. O‘qishga keladigan xodimlar MChJ korrupsiyaga qarshi siyosati asosiy qoidalari bilan tanishadilar, tushungan holda doimo ushbu siyosatni qo‘llaydilar, korrupsiya ko‘rinishlari va belgilari, faktlari va uning yuzaga chiqishida birgalikda harakat qiladilar.
- Korrupsiya xavfiga korrupsiyaga qarshi tadbirlarning mosligi tamoyili. Tadbirlarni ishlab chiqish va bajarish, korrupsion faoliyatga rahbar va xodimlarning aralashishi ehtimolini kamayishiga qaratilgan.
- Korrupsiyaga qarshi tadbirlar samaradorligi tamoyili. MChJ o‘z faoliyatida maqbul narxga ega, amalga oshirishda oddiylikni ta’minlaydigan va bilinarli samara keltiradigan korrupsiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishga harakat qiladi.
- Jazo mas’uliyati va muqarrarligi tamoyili. MChJ xodimlari uchun egallab turgan lavozimi, mehnat staji va boshqa sharoitlariga qaramay, xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq korrupsion huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ysalar, jazo muqarrar. MChJ ijro etuvchi boshqaruv organi va xizmat rahbarlari ichki tashkiliy korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirganlari uchun shaxsiy javobgarlikka ega hisoblanadilar.
- Oshkoralik tamoyili. Kompaniya muntazam ravishda o‘z mijozlari, kontragentlar, hamkor va jamoatchilikni amalga oshiradigan korrupsiyaga qarshi tadbirlari va yuzaga kelgan korrupsiya ko‘rinishlari bilan tanishtirib boradi.
- Doimiy nazorat va monitoring tamoyili. Kompaniya o‘rnatilgan korrupsiyaga qarshi standart va tadbirlar samaradorligi muntazam monitoringini, hamda ularni bajarish nazoratini olib boradi.
Korrupsiyaga qarshi siyosatni qo‘llash va uning talablariga rioya qilishga quyidagilar majbur:
- egallab turgan lavozimi va vazifalaridan qat’iy nazar, MChJ bilan mehnat shartnomasi bo‘lgan MchJning barcha xodimlari;
- MChJ bilan shartnoma tuzadigan, unga xizmat ko‘rsatadigan yoki o‘z faoliyatida MChJ xizmatlaridan foydalanadigan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar.
Korrupsiyaga qarshi asosiy tadbirlar ro‘yxati.
Doimiy (rejali) asosda:
- Axborot ta’minoti – korrupsiyaga qarshi kurashga chorlovchi va xavf omillarini ko‘rsatuvchi yozuvlar, bannerlar, axborot tablolari.
- Audio, video yozuvlar.
- MchJda o‘qiydigan xodimlar va tinglovchilar so‘rovi.
- Korrupsiya holati faktlari haqidagi ixtiyoriy ma’lumotlar yig‘ish (ishonch telefonlari).
- Huquqni himoya qiluvchi organlar vakillari ishtirokida uchrashuv, ma’ruzalar.
Kutilmagan hollarda o‘tkaziladigan tadbirlar:
- Bilim sinovi va (yoki) bilimni mustahkamlash (imtihon, testlar, tekshiruv) nazoratida MChJ rahbarlari tarkibining ishtiroki.
- Korrupsiya faktlarini aniqlash maqsadida, huquqni himoya qiluvchi organlar vakillari ishtirokida korrupsiyaga qarshi reydlar o‘tkazish.
MChJ ning barcha xodimlariga man etiladi:
MChJga xizmat ko‘rsatish, shu xizmatlarni amalga oshiruvchi va (yoki) kontragentlar bilan qarindoshligi bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslarni jalb qilish yoki ularning ishlashi uchun yordam berish.
Shaxsiy boyish maqsadida, MchJga xizmat ko‘rsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslarga qulay sharoitlarni yaratish, ular bilan til biriktirish, jalb qilish yoki ularga yordam berish.
Davlat xizmatlari, vazirlik, bo‘linma va tashkilotlar xodimlariga bosim o‘tkazish, ularga pora, sovg‘a taqdim qilish yoki korrupsiyaga yetaklaydigan boshqa harakatlarni amalga oshirish.
MChJ o‘qituvchilari yoki imtihon oluvchilariga, MchJda o‘qiyotgan biror xodimlarning manfaatlarini ilgari surish maqsadida, biror bosim o‘tkazish.
MchJga samarasiz bo‘lgan sharoitlarda xizmat va mahsulotlarni sotib olishga yordam berish yoki savdolarni boshlash.
MchJ hududiga kirishga ruhsati bo‘lmagan shaxslarga MChJ hududiga kirishiga yordam berish.
MChJ o‘qituvchilari va imtihom oluvchilarga qat’iyan man etiladi:
MChJda o‘qiydigan xodimlarga tanishlik, shaxsiy va\yoki qarindoshlik aloqalaridan foydalanish va\yoki MchJda o‘qiydigan guruhlar yoki ba’zi xodimlarga alohida e’tibor qaratish yoki aksincha, ularni kamsitish.
MChJda o‘qiyotgan xodimlarga biror foyda, sovg‘a, xizmat, taklif olish maqsadida bosim o‘tkazish.
MChJda o‘qiyotgan xodimlardan shaxsiy maqsadda foydalanish, ulardan biror xizmat yoki sovg‘a talab qilish.
MChJda o‘qiyotgan guruh yoki xodimlardan, o‘qituvchilarning harakatlari obyektivligiga va qo‘yadigan baholariga ta’sir qilmasa ham, qanday me’yorda bo‘lmasin sovg‘a, pul, xizmatlar qabul qilish.
4 VA 5 PUNKTLARDA KO‘RSATILGAN TA’QIQLARGA BEPARVOLIK QILISH, MCHJ RAHBARIYATI TOMONIDAN SO‘ZSIZ KORRUPSIYA URINISHLARI SIFATIDA BAHOLANADI.
MchJning barcha xodimlari majbur:
Atrofdagilar uchun MChJ, shaxsiy yoki uchinchi shaxs manfaatlari bilan korrupsion huquqbuzarlikni sodir etish yoki unda ishtirok etishga tayyordek ko‘rinadigan holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka.
MChJ rahbariyatiga korrupsiyaga taalluqli deb shubxa qilgan shaxslar (kim bo‘lishidan qat‘iy nazar) haqida kechiktirmay ma’lumot berish.
Tashkilotda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslikka, korxonaning muvaffaqiyatli imidjini yaratishga va do‘stona sharoitlar yaratishga qaratilgan barcha tadbirlarni qo‘llashga.
MChJ rahbariyati va huquqni himoya qiluvchi organ xodimlariga korrupsiya ko‘rinishlariga uni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarni targ‘ib qilish va har tomonlama sharoitlar yaratishga.
MChJ ma’muriyati tomonidan tarqatiladigan korrupsiyaga qarshi ma’lumotlarni e’tibor bilan o‘rganish, ma’lumot o‘rnida qo‘llash va xodimlar orasida targ‘ib qilishga.
- MChJning barcha xodimlariga kafolatlanadi:
Mazkur hujjat talablarining korrupsiyaga olib keluvchi buzilishi yoki korrupsiya ko‘rinishlari haqida ma’lumot bergan shaxslarning ta’qib qilinmasligi.
Mazkur hujjat talablarining buzilishi yoki korrupsiya ko‘rinishlari haqida kelib tushgan har qanday ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq har tomonlama va so‘zsiz tekshirilishi va ko‘rib chiqilishi.
Asossiz tuhmat, ayblovlardan himoya qilishni.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmasa, ma’lumot beruvchi haqida axborotni oshkor qilmaslikni.
Korrupsiyaga qarshi ishonch telefonlari:
Korrupsiya ko‘rinishlari haqida tezkor ma’lumot olish maqsadida MChJda ishonch telefoni ishlab turibdi.