O‘quv-mashq markazi hududida aviatsiya xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha asosiy o‘quv muassasasi hisoblanadi.
O‘quv-mashq markazi fuqaro aviatsiyasi uchuvchilari, bortkuzatuvchilari, shuningdek aviakompaniya parvozlarini boshqarish markazlari va parvozlarni aeronavigatsiya ta’minoti xizmatlari uchun parvozlarni ta’minlash bo‘yicha xodimlarni dastlabki tayyorlashni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya ma’muriyati tomonidan ma’qullangan malaka oshirish kurslari IKAO va IATA standartlariga qat’iy rioya etilgan holda olib boriladi.
O‘quv-mashq markazi zamonaviy trenajyor komplekslariga ega. Protsedura (Virtual Procedure Trainer) va to‘la funksiyali trenajyorlarda (Full Flight Simulator Level D) mashg‘ulotlar haftasiga 7 kun, sutkasiga 24 soat o‘tkaziladi.
Murakkab trenajyor asbob-uskunalarining ishga shaylik darajasi 99,7% gacha bo`lishi ta’minlanadi.