Hamkorlik yangi imkoniyatlarni yaratadi va biz AQSh Elchixonasining Mintaqaviy Ingliz Tili Dasturi Ofisi (RELO)ga Oʻzbekiston aviatsiya sohasida ingliz tili taʼlimini rivojlantirishga qoʻshayotgan bebaho hissasi uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
Ushbu hamkorlik tufayli o‘qituvchilarimiz va til bo‘yicha imtihon oluvchilarimiz o‘z kasbiy mahoratini muntazam oshirib, zamonaviy o‘qitish usullari hamda xalqaro ilg‘or tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etmoqda.
Eng muhimi, bu imkoniyatlardan talabalarimiz, amaldagi bort kuzatuvchilari va uchuvchilarimiz bevosita manfaat ko‘rmoqda. Ular ingliz tilida professional muloqot ko‘nikmalarini mustahkamlab, xalqaro parvozlarda o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirmoqda va parvozlar xavfsizligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqda.
Ishonchingiz, doimiy qo‘llab-quvvatlashingiz va ta’lim sohasidagi yuksak maqsadlarga sodiqligingiz uchun tashakkur. Oʻzbekiston fuqarolik aviatsiyasi kelajagi yoʻlida hamkorligimizni yanada mustahkamlash va yangi yutuqlarga birgalikda erishishni intiqlik bilan kutamiz. ✈️






























































































































































“O‘quv-mashg‘ulot markazi” MChJ direktori S.M.Gurfinkel va direktor o‘rinbosari I.A.Abdullayeva chet el mutaxassislari bilan bir qatorda aviatsiya soxasida pandemiya boshlangan ilk kunlaridan bajarilgan ishlar tajribasiga tayangan va taklif qilgan holda xalqaro hamjamiyatning muhim hodisasida ishtirok etdilar.























