“O‘QUV-MASHG‘ULOT MARKAZI” MCHJ
BAZASIDA O‘QUV-MASHG‘ULOT XIZMATLARINI
KO‘RSATISH ASOSIY QOIDA VA SHARTLARI
2023-y.08.05dagi 1-nashr
Ushbu hujjat “O‘quv-mashg‘ulot markazi” Mas’uliyati cheklangan jamiyati nomidan nashr etiladi (2020-yil 2-dekabrdagi xizmat ko‘rsatish huquqini beruvchi №1-У-sonli Sertifikat), ko‘rsatilgan aviatsiya korxonalari mijozlariga yo‘llanadi va fuqaro aviatsiyasi sohasida o‘quv-mashg‘ulot xizmatlariga aloqador asosiy qoida va shartlarni o‘z ichiga oladi.
“O‘quv-mashg‘ulot markazi” MChJ o‘quv-mashg‘ulot xizmatlarini bajaruvchi sifatida bo‘ladi va keyingi o‘rinlarda “IJROCHI” nomi bilan yuritiladi.
“O‘quv-mashg‘ulot markazi” MChJ bilan hamkorlik qilishga manfaatdor jismoniy shaxs pullik o‘quv-mashg‘ulot xizmatlari ko‘rsatilishi uchun Shartnoma (keyingi o‘rinlarda “SHARTNOMA”) tuzadi, o‘quv-mashg‘ulot xizmatlarini buyurtma qilgan shaxs sifatida bo‘ladi va keyingi o‘rinlarda “BUYURTMACHI” nomi bilan yuritiladi.
SHARTNOMA BUYURTMACHI xohishiga ko‘ra o‘zbek (davlat) tilida yoki rus tilida tuzilishi mumkin.
BUYURTMACHIning SHARTNOMAdagi imzosi uning bayon etilgan qoida va shartlar bilan tanishganligini, ularni tushunganligini, hamda ushbu qoida va shartlarni to‘liq qabul qilganligini tasdiqlaydi.
IJROCHI va BUYURTMACHI mazkur hujjatda birgalikda “TOMONLAR” deb yuritiladi.
Xizmatlar ro‘yxati va narxi “Xizmat ko‘rsatishning shartnoma narxi to‘g‘risidagi kelishuv bayonnomasi” sifatida rasmiylashtiriladi, TOMONLAR tomonidan imzolanadi va SHARTNOMAga ilova hisoblanadi. TOMONLAR xizmat ko‘rsatish shartnoma narxi haqidagi bir nechta kelishuv Bayonnomasini kelishishlari va imzolashlari mumkin.
“O‘quv-mashg‘ulot markazi” MChJ SHARTNOMAni imzolashdan va uning doirasida xizmatlar ko‘rsatishni boshlashdan oldin, BUYURTMACHIGA ushbu hujjat bilan tanishish uchun aviatraining.uz rasmiy veb-saytiga havolani taqdim etadi.
1.MAQSAD
IJROCHI, sertifikatlangan aviatsiya o‘quv-mashg‘ulot tashkiloti hisoblanib, BUYURTMACHI manfaatlarini ko‘zlab pullik o‘qitish xizmatlarini, shu jumladan quyidagi o‘quv va/yoki imtihon va sinov tadbirlaridan birini yoki bir nechtasini taqdim etadi:
- Nazariy tayyorgarlik;
- Amaliy tayyorgarlik;
- O‘quv-mashg‘ulot uskunalarida amaliy tayyorgarlik;
- O‘quv-mashg‘ulot uskunalarida amaliy tekshiruv (imtihon);
- Qayta tayyorlov;
- Tayyorlov;
- Malaka oshirish;
- Test;
- ICAO shkalasi bo‘yicha ingliz tili bilim darajasini baholash;
- Og‘zaki yoki yozma imtihon.
O‘quv-mashg‘ulot xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Aviatsiya qoidalari, “O‘quv-mashg‘ulot markazi” MChJ (keyingi o‘rinlarda O‘MM) bazasida o‘quv jarayonini tashkil etish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha Qo‘llanmaga muvofiq ko‘rsatiladi. Amaldagi Qo‘llanmaning elektron nashri aviatraining.uz saytida mavjud.
2.QISQARTMA, TERMIN VA TA’RIFLAR
Ushbu hujjatda, hamda SHARTNOMADA qo‘llaniladigan termin va qisqartmalarni quyida bayon etilgan tushuntirish va ta’riflardan kelib chiqqan holda tushunish zarur.
APT – Airbus Pilot Trainer – Airbus 320 samolyoti uchuvchilar kabinasi virtual aviatsiya trenajyori.
ATO – Approved Training Organization – Aviatsiya Ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan dasturlarga muvofiq aviatsiya xodimlarini, shu jumladan havo kemalari ekipaj a’zolarini kasbiy tayyorgarligini ta’minlovchi tasdiqlangan (sertifikatlangan) fuqaro aviatsiyasining o‘quv tashkiloti.
BDS – Briefing/Debriefing Station – to‘liq funksiyali parvoz trenajyorining kabinasida sodir bo‘ladigan barcha narsalarni video, audio va/yoki parametrik aniqlashni ta’minlovchi obyektiv nazorat tizimi.
CCS – Configuration Control Systems – parvoz trenajyorining dasturiy ta’minot va apparat bazasini ishlashining talab qilinadigan darajasini saqlab qolishga qaratilgan protseduralar majmuasi.
CEET – Cabin Emergency Evacuation Trainer – samolyotdan favqulodda evakuatsiya qilish talab etiladigan vaziyatlarda ekipaj a’zolarining harakatlarini mashq qilish maqsadida uning amaliy ishlashini ta’minlaydigan samolyot sahnining maketi.
CFST – Cabin Fire/Smoke Trainer – havo kemasi ichida tutun va yong‘in sodir bo‘lganda turli vaziyatlarni avtomatik ravishda yaratish va xodimlarning ko‘nikmalarini rivojlantirish qobiliyatiga ega, amaliy ishlashini ta’minlaydigan samolyot sahni imitatori.
CFI – Chief Flying Instructor – parvoz bosh instruktori (yo‘riqchisi) – UUB boshlig‘i.
CGI – Chief Ground Instructor – nazariy (yerda) tayyorgarlik bo‘yicha bosh instruktor – HK parvoz ekspluatatsiyasi va parvozlar xavfsizligi sohasida katta o‘qituvchi.
CMO – Chief Maintenance Officer – o‘quv-mashg‘ulot uskunalarini ta’mirlash va texnik ekspluatatsiyasi bo‘yicha rahbar.
Common Type Rating Airplanes – uchuvchilarni umumiy attestatsiyadan o‘tkazish yoki bir martalik parvozlarga ruxsat berish amaliyoti o‘tkaziladigan havo kemalarining turlari.
Bu shuni anglatadiki, agar uchuvchi samolyotning bir turini boshqarish uchun sertifikatlangan bo‘lsa, u holda boshqa turdagi samolyotlar uchun sertifikat olish uchun to‘liq TRTC kursi o‘rniga u tuzilishi va ekspluatatsiyasi birinchi turdagi samolyotlardan farq qiladigan ikkinchi samolyotning faqat ushbu qismlari uchun Difference kursini (farqlarni) o‘tishi kerak. Bunday samolyot turlariga Boeing 787-8/9/10, Boeing 757/767, Airbus 318/319/320/321, Airbus 300/310, Boeing 737-100/200/300/400/500/600/700/800/900 va boshqa havo kemalari kiradi.
Mazkur Qo‘llanmada ko‘rsatiladigan havo kemalari “bir turdagi” sifatida nomlanadi.
DDG – Dispatch Deviations Guide – komponentlar, tizimlar va agregatlarning individual nosozliklari bo‘lgan havo kemasida parvozlarni tayyorlash va amalga oshirish imkoniyatlari va tartiblarini tavsiflovchi samolyot ishlab chiqaruvchisining hujjati.
Fidelity – real havo kemasiga nisbatan aviatsiya trenajyori adekvatlik (o‘xshashlik) darajasi. Uch asosiy elementga bo‘linadi:
Physical fidelity – tasvir, harakat va tovushni idrok etishda realizmni tavsiflovchi jismoniy o‘xshashlik;
Cognitive fidelity –uchuvchi tomonidan asboblarni, boshqaruv elementlarini, kabinada va kabina maydonidan tashqarida bo‘lgan va sodir bo‘ladigan barcha narsalarni bir qarashda, quloq bilan, ushlab ko‘rish orqali idrok etishning realizmini tavsiflovchi kognitiv o‘xshashlik. Shuningdek, kognitiv o‘xshashlik uchuvchining radio aloqalarini uzatish, ovozli buyruqlar berish, ma’lumotni o‘qish va eslab qolish, qaror qabul qilish, stress va xavotirni boshdan kechirish qobiliyatini tavsiflaydi;
Functional fidelity – bu simulyatsiya qilingan samolyotning uchuvchining har qanday harakatlariga reaksiyasi haqiqiy samolyotning yerdagi va parvozdagi shunga o‘xshash harakatlaridagi reaksiyasi bilan qanday mos kelishini tavsiflaydigan funksional o‘xshashlik.
Xodimlarni tayyorlash ehtiyojlari va jihozlarga bo‘lgan talablardan kelib chiqib, aviatsiya trenajyorining yetarlilik (adekvatlik) darajalari aniqlanadi:
N (none) – talab etilmaydi;
G (Generic) – bazaviy;
R (Representative) – oddiy;
S (Specific) – oliy.
Aviatsiya trenajyorlarining yetarlilik darajalari ICAO DOC 9625 (Volume I) hujjatida keltirilgan yettita FSTD malaka shablonlarini belgilaydi.
Ushbu turlar Federal Aviatsiya Ma’muriyati (FAA) va Yevropa Aviatsiya xavfsizligi agentligi (EASA) kabi ba’zi milliy aviatsiya ma’muriyatlari tomonidan foydalaniladigan aviatsiya trenajyorlari uchun FSTD A, B, C, D darajalari sertifikatining ishlash darajalari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan, FSTD VII toifa ICAO FSTD D darajasiga mos keladi.
FMS – flight management system.
FNPT I – Flight and Navigation Procedures Trainer – I-darajali parvoz-navigatsiya protsedura trenajyori.
FNPT II – Flight and Navigation Procedures Trainer – II-darajali parvoz-navigatsiya protsedura trenajyori.
FSTD – Flight Simulation Training Devices – ekipaj a’zolarining parvoz tayyorgarligi uchun mo‘ljallangan aviatsiya trenajyorlari uchun umumiy nomlanish.
FTD – Flight Training Device – parvoz tayyorgarligi trenajyori.
FTO – Flying Training Organization – aviatsiya xodimlari sertifikatini olish va aviatsiya xodimlari sertifikatiga malaka belgilarini kiritish uchun nomzodlarni tayyorlaydigan fuqaro aviatsiyasi o‘quv tashkiloti.
FFS – Full Flight Simulator, ma’lum bir turdagi samolyotlar kabinasini taqlid qiluvchi va vizualizatsiya, harakatchanlik va samolyotning uchuvchi harakatlariga javob berish nuqtai nazaridan eng yuqori adekvatlik (o‘xshashlik) darajasini ta’minlaydigan to‘liq funksiyali aviatsiya trenajyori.
GI – Ground Instructor –nazariy (yerda) tayyorgarlik bo‘yicha bosh instruktor – HK parvoz ekspluatatsiyasi va parvozlar xavfsizligi sohasida o‘qituvchi.
ICAO (ИКАО) – International Civil Aviation Organization – Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti.
IOS – Instructor Operating Station – instruktorga simulyator uskunasini faol boshqarish, o‘quv vazifalarini belgilash, parvoz dinamikasi va trayektoriyasini nazorat qilish, mashg‘ulot yoki imtihon va tekshirish tadbirlarining parametrlari va natijalarini qayd etish imkonini beruvchi boshqaruv va displey panellari.
QTG – Qualification Test Guide – parvoz trenajyorining o‘ziga xos xususiyatlariga va shu turdagi havo kemasining real sharoitlari va ekspluatatsiya tamoyillariga muvofiqligini, shuningdek, uning o‘qitish, ko‘rikdan o‘tkazish va tekshirish faoliyatiga yaroqliligini malakaviy baholash uchun foydalaniladigan asosiy nazorat hujjati. QTG ekspluatatsiya paytida o‘tkaziladigan avtomatik sinovlarni (automatic testing), trenajyorning o‘z tizimlaridan foydalangan holda o‘rnatilgan testlarni (integrated testing), malakali mutaxassislar ishtirokida o‘tkaziladigan qo‘lda yoki qo‘shimcha sinovlarni (manual testing) ta’minlaydi. QTG masteri– bu QTG ning eng to‘liq shakli bo‘lib, unga muvofiq simulyator ishga tushirilgunga qadar dastlabki malakaviy baholash amalga oshiriladi.
LOFT – Line Oriented Flight Training – ekipajning uchish aeroportidan belgilangan aeroportgacha bo‘lgan yo‘nalishda standart qatnov (parvoz) bajarilishini maksimal darajada taqlid qiluvchi, tashkil etish va o‘tkazish tamoyillariga muvofiq to‘liq funksional parvoz simulyatorida parvoz ekipajini tayyorlash yoki sinovdan o‘tkazish.
LPC – license proficiency check – ekipaj a’zosining parvozdagi tanaffusdan keyin parvozlarni davom ettirish uchun ruxsatni yangilash uchun o‘quv jihozlaridan foydalangan holda, havo kemasini boshqarish ko‘nikmalarini tekshirish.
MMEL – Master Minimum Equipment List – parvozlarning xavfsiz bajarilishi uchun zarur minimal uskunalar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan HK ishlab chiqaruvchisining hujjati.
OPC – operator proficiency check – o‘quv-mashg‘ulot uskunalaridan foydalangan holda, ekipaj a’zolarining havo kemasini boshqarish ko‘nikmalarini muntazam tekshirish.
RVR – runway visual range – UQM ko‘rish masofasi.
SFE – Synthetic Flight Examiner – aviatsiya trenajyorida instruktor-ekzamenator.
SFI – Synthetic Flight Instructor – uchuvchilik tarkibining trenajyor tayyorgarligi bo‘yicha instruktori.
SOP – Standard Operating Procedure – havo kemasi ekipaj a’zolarining o‘zaro harakati tartibi va ish texnologiyasini ko‘rsatuvchi hujjat.
TRTC – Type Rating Transition Course – uchuvchilik tarkibini HK yangi/boshqa turiga qayta o‘qitish (qayta tayyorlash) kursi.
TRTO – Tape Rating Training Organisation – ekipaj a’zolarining malakasini oshirishni, shuningdek aviatsiya xodimlarining tegishli sertifikatiga havo kemasi turida parvozlarga ruxsat berish to‘g‘risidagi malaka belgisini kiritish uchun o‘qitishni ta’minlaydigan o‘quv tashkiloti.
VPT – Virtual Procedure Trainer – Boeing 767 samolyoti uchuvchilar kabinasi virtual aviatsiya trenajyori.
Avariya-qutqaruv tayyorgarligi – havo kemasi sahnida, aerodrom tashqarisida va suvga qo‘nishdagi favqulodda vaziyatlarda uchuvchilik tarkibi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga (bortkuzatuvchilarga) omon qolish, o‘zini tutish va yo‘lovchilarga yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan nazariy tayyorlov va amaliy mashg‘ulotlar majmuasi.
Aviatsiya ma’muriyati – havo hududida va fuqaro aviatsiyasi aerodromlarida havo kemalarining parvozlari xavfsizligini ta’minlash funksiyalarini amalga oshiruvchi oliy davlat organi.
Davlat aviatsiya ma’muriyati, asosan, xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, shuningdek, fuqaro aviatsiyasida aviatsiya qoidalarini ishlab chiqish, sertifikatlash, davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish funksiyalarini amalga oshirish uchun mas’uldir.
Aviatsiya tashkiloti – asosiy maqsadi aviatsiya texnikasini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, sinovdan o‘tkazish, ulardan foydalanish, ta’mirlash va/yoki utilizatsiya qilish bo‘lgan tashkiliy-huquqiy shakli va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar – yuridik shaxs.
Aviatsiya trenajyori – ekipaj a’zolari uchun standart va favqulodda vaziyatlarda amaliy ko‘nikmalar va harakatlarni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan samolyot yoki uning tarkibiy qismlarini taqlid qiluvchi trenajyor uskunalar. Samolyot trenajyori imitator (simulyator), protsedura bo‘yicha (procedure trainer) yoki to‘liq funksiyali (full flight simulator) bo‘lishi mumkin. Xalqaro terminologiyada samolyot trenajyoriga – Flight Simulation Training Device (FSTD) nomi berildi
Akademik soat – xonada nazariy darslarga yoki o‘quv-mashg‘ulot jihozlari bilan amaliy mashg‘ulotlarga, shuningdek darslar va imtihonlarni rejalashtirishga bag‘ishlangan 45 daqiqa.
AO‘M – aviatsiya o‘quv markazi – aviatsiya xodimlarini, shuningdek parvozlarni bajarish yoki qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanadigan boshqa mutaxassislarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ularning malakasini saqlash muammolarini hal qilish uchun mo‘ljallangan mustaqil aviatsiya tashkiloti yoki aviatsiya tashkilotining bo‘linmasi. AO‘M xizmatlari ro‘yxati mijozlarning talabi va ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi va tegishli sertifikatlar va litsenziyalar bilan tasdiqlanadi.
Slotlarni bronlash – o‘quv-mashg‘ulot uskunalarini aniq mijozning arizasiga ko‘ra o‘sha mijoz uchun berish.
OMK – O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi fuqaro aviatsiyasi Agentligi Oliy malaka komissiyasi.
HK – havo kemasi.
UQM – uchish qo‘nish yo‘lagi.
O‘quv-mashg‘ulot va imtihon-tekshiruv tadbirlarini o‘tkazishning yillik rejasi – tomonlar (o‘quv xizmatlarining ijrochisi va buyurtmachisi) tomonidan kelishilgan va O‘MM rahbari tomonidan tasdiqlangan global reja bo‘lib, unga ko‘ra O‘MM resurslari rejalashtiriladi, O‘MM bazasida o‘quv-mashg‘ulot va imtihon-tekshiruv tadbirlari tashkil etiladi va ta’minlanadi. Ushbu reja bir nechta turli mijozlar manfaati uchun rejalashtirilgan o‘quv-mashg‘ulot tadbirlarini o‘z ichiga olishi mumkin.
XKTG – xodimlarni kasbga tayyorlash guruhi.
XFU – O‘MM xodimlaridan tashqarida tarqatishni cheklovchi, uni rasmiy hududdan olib chiqishni, O‘MM ma’muriyatining tegishli ruxsati yoki yozma ruxsatiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan nazoratsiz nusxa ko‘chirish, o‘rganish va foydalanishni taqiqlovchi “xizmatda foydalanish uchun” hujjat grifi.
O‘quv guruhi jurnali – o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulot va imtihon-tekshiruv tadbirlari natijasini ko‘rsatib beruvchi asosiy hujjat. O‘quv guruhi jurnali elektron va qog‘oz shaklida to‘ldirilishi mumkin.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – kompyuter texnologiyalari va telekommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan axborot jarayonlari va axborot bilan ishlash usullari.
Masofaviy ta’limning axborot texnologiyalari – o‘quv materiallarini yaratish, uzatish va saqlash, masofaviy ta’lim rejimida o‘quv jarayonini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash texnologiyalari.
Aviatsiya trenajyori malaka darajasi – “Fidelity” ta’rifiga qarang.
MK – malaka komissiyasi.
Mijoz – “O‘quv-mashg‘ulot markazi” MChJ xizmatlariga qiziqish bildirgan jismoniy yoki yuridik shaxs.
MOK – malaka oshirish kursi.
SMT – samolyot majmuaviy trenajyori – alohida turdagi samolyot uchuvchilar kabinasi.
Kurs – (o‘qitish kursi) nazariy va/yoki amaliy modullarni o‘z ichiga olgan kadrlar tayyorlash bo‘yicha maxsus ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan chora-tadbirlar majmui.
UUB – uchuvchilik-uslubiyat bo‘limi – o‘quv-mashg‘ulot uskunalarining parvoz ekspluatatsiyasini amalga oshiruvchi O‘MM ishlab chiqarish bo‘linmasi.
Maket – – havo kemasi yoki boshqa aviatsiya infratuzilmasi interfeysi va/yoki tuzilmasi elementlarini asosiy darajada taqlid qiluvchi va xodimlarni tayyorlash, muayyan amaliy ish ko‘nikmalarini rivojlantirish, amaliy imtihonlarni o‘tkazish va h.k. imkonini beruvchi installyatsiya, sobit model yoki inshoot.
O‘quv jihozlari – Ijrochiga tegishli yoki ijaraga olingan va Buyurtmachiga vaqtincha o‘qitish samaradorligini oshirish maqsadida, Ijrochi negizida o‘qitish davrida foydalanish uchun beriladigan kompyuter yoki boshqa jihozlar, gadjetlar, periferik qurilmalar va boshqa jihozlar.
HHXK – havo harakatiga xizmat ko‘rsatish.
Onlayn – tinglovchiga Internetga ulanish orqali ta’lim va o‘quv xizmatini taqdim etuvchi xizmatdan foydalanishni ta’minlaydigan masofaviy ta’lim yoki test.
Oflayn –ta’lim yoki test, bunda tinglovchiga oldindan o‘rnatilgan yoki apparat qurilmasida (kompyuter, gadjet, planshet va boshqalar) dasturlashtirilgan avtonom xizmatdan foydalanishni ta’minlaydi va Internetga ulanishni talab qilmasdan o‘quv xizmatini taqdim etadi.
Xodim – o‘quv-mashg‘ulot yoki imtihon-tekshiruv tadbirlaridan o‘tish uchun yoki shunday tadbirlarni tashkil etishda qatnashish uchun yuboriladigan aviatsiya yoki boshqa tashkilotlar xodimlari.
Pedagogik soat– 60 daqiqa ichida tinglovchi darsda bo‘ladi (45 daqiqa) va orasida tanaffusga chiqadi (15 daqiqa). Pedagogik soat ishlab chiqarish tannarxi va o‘qish narxini belgilash uchun mo‘ljallangan vaqt birligi hisoblanadi.
DT – dasturiy ta’minot.
UTTD – Uchuvchilik tarkibi tayyorlov dasturi – “Uzbekistan Airways” AJ parvoz bo‘linmalari uchuvchilik va instruktorlik tarkibini parvozlarga tayyorlash va parvozlarga ruxsat berishni tartibga soluvchi asosiy hujjat.
Ommaviy oferta – xizmat ko‘rsatuvchining yoki tovar sotuvchisining (oferent) rasmiy veb-sayti orqali, elektron shaklda tarqatiladigan bitim tuzish to‘g‘risidagi taklif (oferta), unda potensial mijozga (qabul qiluvchi) yuboriladigan shartnomaning muhim shartlari ko‘rsatiladi. Agar adresat ofertani (akseptni) qabul qilsa, shartnoma tomonlar o‘rtasida bu ofertada taklif qilingan shartlar bo‘yicha tuzilganligini bildiradi. Ommaviy oferta bitimning quyidagi tomonlarini nazarda tutadi:
Oferent – tovar yoki xizmatlarni Internet-sayt, mobil ilova yoki boshqa tarqatish usullari orqali taklif qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
Adresat – tovar yoki xizmatlarni oferta orqali qabul qilish taklif etiladigan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Akseptant – tovar yoki xizmatlarni harid qilish maqsadida oferta shartlarini bilgan holda qabul qiladigan jismoniy yoki yuridik shaxs.
PEQ – parvoz ekspluatatsiyasi bo‘yicha qo‘llanma.
Ta’limni boshqarish tizimi (Learning Management System – LMS) – rasmiylashtirish, hujjatlashtirish, kuzatish, hisobot berish, avtomatlashtirish va tinglovchiga o‘qish materiallarini samarali o‘zlashtirishga yordam beruvchi o‘quv, ko‘rgazmali materiallar, test savollari va boshqa materiallarga masofaviy imkon berishga hissa qo‘shadigan boshqa ma’lumotlarga masofadan kirishni ta’minlash uchun dasturiy ta’minot to‘plami.
Slot – samolyot to‘liq funksional parvoz trenajyorida uchuvchilarga mashg‘ulot o‘tish va uni rejalashtirish davridagi vaqt. Odatda bir sutkada 4 soatdan 5 slot rejalashtiriladi. Har bir slotga Adan Egacha lotin harflari biriktiriladi.
Tinglovchi – O‘MM bilan o‘quv-mashg‘ulot xizmatlarini ko‘rsatish uchun shartnoma tuzgan buyurtmachi vakili yoki o‘quv-mashg‘ulot xizmatlari buyurtmachisi hisoblangan jismoniy shaxs.
SMT – sifat menejmenti tizimi (Quality Management System).
PXBT – parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimi (Safety Management System).
Trenajyor – fuqaro aviatsiyasi samolyotlarini ishlab chiqarish yoki parvozlarini ta’minlash bilan bog‘liq funksiyalarni bajarishda amaliy mashg‘ulotlar va / yoki xodimlarning ko‘nikmalarini baholash uchun mo‘ljallangan o‘quv-mashg‘ulot uskunalari.
Trenajyor tayyorgarlik – har xil turdagi mashg‘ulot uskunalari (aviatsiya trenajyorlari) yordamida amaliy ko‘nikma va bilimlarni egallash, tasdiqlash va takomillashtirishga qaratilgan aviatsiya xodimlarini kasbiy tayyorlash va malakasini tasdiqlash elementi. Trenajyor tayyorgarligi quyidagilarni o‘z ichiga oladi, lekin ular bilan cheklanmaydi: mashg‘ulot o‘tkazish, tekshirish, o‘tkazish, maxsus ko‘nikmalarni rivojlantirish.
TK – Trenajyor majmuasi – o‘quv-mashg‘ulot uskunalari texnik ekspluatatsiyasini amalga oshiruvchi O‘MM ishlab chiqarish bo‘linmasi.
O‘MM – “O‘quv-mashg‘ulot markazi” MChJ.
O‘quv-mashg‘ulot uskunalari – xodimlar amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida BUYURTMACHIga beriladigan yoki BUYURTMACHI manfaatlari uchun ishlatiladigan texnik vositalar.
Texnik vositalarga turli xil virtual yoki statsionar qurilmalar kiradi, bu esa xodimlarni real sharoitlarga taqlid qilgan holda amaliy ishlarga o‘rgatish imkonini beradi. O‘quv uskunalariga aviatsiya trenajyorlari, shuningdek, samolyot sahnining maketlari (emergency evacuation trainer), samolyotning asosiy va avariya eshiklari (door trainer), yong‘inni o‘chirish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun majmuaviy qurilmalar (fire trainer), tibbiy maketlar, kuzatuv texnikasi imitatorlari va boshqalar kiradi.
O‘quv-mashg‘ulot xizmatlari – Aviatsiya ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan (agar kerak bo‘lsa) va o‘quv markazi tomonidan mijozlarga taklif qilinadigan nazariy, amaliy, masofaviy, kasbiy ta’lim va bilim va ko‘nikmalarni nazorat qilish bo‘yicha xizmatlarning keng doirasi.
O‘quv-mashg‘ulot tadbiri – xodimlarda bilim, ko‘nikma yoki ularni rivojlantirish, olish, mustahkamlash, tiklashga qaratilgan nazariy va / yoki amaliy mashg‘ulotlar.
O‘quv rejasi – tasdiqlangan o‘quv kursi dasturining ajralmas qismi bo‘lib, kursning hajmi, alohida elementlari (modullari) uchun soatlar soni, fanlarning nomlari va boshqalar haqida batafsil ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
O‘quv jarayoni – kadrlar tayyorlash, mashg‘ulotlarni rejalashtirish, tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar majmui.
Imtihon-tekshiruv tadbirlari – bilimlarni o‘zlashtirish, zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lish yoki mavjudini nazorat qilish, amaliy ko‘nikmalar va ish texnologiyalarini tekshirish uchun BUYURTMACHI manfaatlarini ko‘zlab o‘tkaziladigan har xil turdagi imtihonlar, testlar, sinovlar.
3.TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
3.1. IJROCHIning majburiyatlari:
3.1.1. TOMONLAR imzolagan SHARTNOMA doirasida sifatli xizmat ko‘rsatish.
3.1.2. BUYURTMACHIga tasdiqlangan o‘quv (mashg‘ulot) dasturida nazarda tutilgan binolarga, shuningdek, barcha zarur jihozlarga, infratuzilma va xizmatlarga kira olishini ta’minlash.
3.1.3. BUYURTMACHIga binolar va simulyatorlardan xavfsizlik va favqulodda evakuatsiya qilish tartib-qoidalari bo‘yicha yozma, multimediya yoki interaktiv yo‘riqnomalarni taqdim etish.
3.1.4. Zarur hollarda, o‘z vaqtida imzolangan SHARTNOMA bo‘yicha bajarilgan ishlar dalolatnomasini imzolash uchun tayyorlash.
3.1.5. Kursni muvaffaqiyatli tugallagandan so‘ng uch ish kunida belgilangan namunadagi Sertifikatni BUYURTMACHIga berish yoki pochta orqali yuborish.
3.1.6. 3 ish kunidan kechiktirmay BUYURTMACHIni mashg‘ulotlarni o‘tkazish sanalari yoki tartibidagi har qanday o‘zgarishlar (kursni bekor qilish, kursning boshlanish sanasini kechiktirish, uskunaning noto‘g‘ri ishlashi va boshqalar) to‘g‘risida xabardor qilish.
3.1.7. O‘z vaqtida, rasmiy xat bilan elektron pochta orqali BUYURTMACHIni quyidagi hollarda xabardor qilish:
- BUYURTMACHIaybi bilan o‘qishni to‘xtatishda;
- BUYURTMACHIga qo‘shimcha o‘qish, mashg‘ulot yoki test (imtihon) topshirish taqdim etish zarurligida;
- BUYURTMACHI tomonidan o‘rnatilgan o‘zini tutish, ichki obyekt va ruxsatnoma rejimi me’yor va qoidalari buzilishida;
- BUYURTMACHI tomonidan jamoat tartibi, yong‘in xavfsizligiga xavf solingan hollarda;
- mol-mulkni buzishga urinish kabi nomaqbul xatti-harakat namoyish qilingan hollarda;
- materialni o‘zlashtirish uchun BUYURTMACHI tomonidan birlamchi bilim va ko‘nikmalar yetarli darajada namoyish qilinmagan hollarda.
3.2. BUYURTMACHIning majburiyatlari:
3.2.1. IJROCHI tomonidan berilgan hisob-fakturaga muvofiq, o‘quv yoki imtihon-sinov tadbiri boshlanishidan kamida 3 ish kuni oldin xizmatlar uchun 100% oldindan to‘lovni amalga oshirish.
3.2.2. 3.1.7-bandda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ushbu hujjat bo‘yicha qaror qabul qilish va keyingi o‘qish yoki qo‘shimcha o‘qish va / yoki imtihon va sinov tadbirlarining maqsadga muvofiqligini yozma ravishda elektron pochtada tasdiqlash.
3.2.3. Mazkur hujjatning 3.1.7. va 3.2.2. bandlariga muvofiq, sharoit taqozosi bilan yuzaga kelgan qo‘shimcha xizmatlar uchun 100% oldindan to‘lovni amalga oshirish.
3.2.4. IJROCHI tomonidan rejalashtirilgan tadbirni bekor qilish zarur bo‘lib qolsa yoki tadbirda qatnashishdan bosh tortsa, bu haqda Ijrochiga yozma ravishda education.utc@uzairways.com elektron pochta orqali xabar berish.
3.2.5. IJROCHI tomonidan ta’kidlangan ko‘rsatmalarga muvofiq o‘quv-mashg‘ulot va o‘quv jihozlarini ishlatish qoidalari va me’yorlariga rioya qilishni va ularga to‘g‘ri, ehtiyotkor munosabatda bo‘lishni ta’minlash.
3.2.6. Zarur xavfsizlik choralari, favqulodda evakuatsiya tartib-qoidalari va IJROCHI hududiga kirish va u yerda bo‘lish qoidalarini bilish va amalga oshirishni ta’minlash.
3.2.7. Vaqtinchalik foydalanish uchun o‘z xodimlariga berilgan barcha o‘quv materiallari, adabiyotlar va jihozlarni IJROCHIga qaytarishni ta’minlash.
4.MAS’ULIYAT
4.1. IJROCHIning mas’uliyati.
4.1.1. IJROCHI tomonidan imzolangan SHARTNOMA, mazkur hujjat va belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv, mashg‘ulot va sinov kursi dasturlariga muvofiq xizmatlarning ko‘rsatilishi.
4.1.2. O‘quv va / yoki imtihon va sinov tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan texnik sabablar yuzaga kelgan hollarda, IJROCHI imkon qadar tezroq BUYURTMACHIni xabardor qilishi kerak.
4.1.3. IJROCHI BUURTMACHI oldidagi o‘z majburiyatlarini o‘quv jihozlarining texnik xizmat ko‘rsatish qobiliyati tiklanishi bilan to‘liq bajarilishini kafolatlaydi.
4.2. BUYURTMACHIning mas’uliyati.
4.2.1. BUYURTMACHI zarur tashkiliy tadbirlarni mustaqil ravishda ta’minlaydi va vizalar, yo‘l-transport, turar joy, ovqatlanish, tibbiy sug‘urta bilan bog‘liq barcha xarajatlarni o‘zi qoplaydi.
4.2.2. BUYURTMACHI o‘z aybi bilan IJROCHIning hududida joylashgan qimmatbaho o‘quv jihozlarining buzilishi va shikastlanishining oldini olish uchun barcha choralarni ko‘radi.
4.2.3. BUYURTMACHI o‘zi tomonidan yetkazilgan uskunaning ishlamay qolishiga olib kelgan yoki uni qimmat ta’mirlashni talab qiladigan isbotlangan zarar uchun javobgar bo‘ladi.
4.2.4. BUYURTMACHI o‘quv dasturi, aviatsiya yoki boshqa organlar tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligi uchun to‘liq javobgardir.
4.2.5. BUYURTMACHI maxfiylikni saqlash majburiyatini oladi va boshqa mutaxassislarga yoki uchinchi shaxslarga o‘quv rejalari, dasturlari, narxlari, o‘qitish usullari, parametrlari, tafsilotlarini va boshqalarni oshkor qilmasligi kerak.
4.2.6. BUYURTMACHI IJROCHIning har qanday uskunasining xavfsizligi va unga vaqtincha foydalanish uchun berilgan o‘quv jihozlari, adabiyotlar va materiallarni IJROCHIga o‘z vaqtida qaytarish uchun mas’uldir.
4.2.7. BUYURTMACHI imtihon-tekshiruv tadbirlarini qayta o‘tishi (qayta topshirish) zarur bo‘lganda, qayta topshirish uchun to‘lovni mustaqil amalga oshiradi.
4.3. TOMONLARning mas’uliyati.
4.3.1. TOMONLARdan birining boshqa TOMON xodimlarining aybi bilan sodir etilgani yoki ushbu hujjat va tuzilgan SHARTNOMA shartlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi sababli yetkazilgan zararlari ularni aniq tasdiqlovchi hujjatlar asosida qoplanadi.
4.3.2. SHARTNOMA shartlari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda TOMONLAR O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining amaldagi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
5.MAS’ULIYATNI RAD ETISH
5.1.1. IJROCHI o‘z o‘quv-mashg‘ulot markazida ta’lim olgan har qanday shaxslarning kasbiy bilimlari va/yoki ko‘nikmalari bilan bog‘liq oqibatlar uchun javobgar emas. TOMONLAR, shuningdek, IJROCHI tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar IJROCHIning kasbiy o‘quv-mashg‘ulot markazida har qanday o‘quv kurslarini tugatgandan so‘ng BUYURTMACHI tomonidan o‘z bilim va / yoki ko‘nikmalarini yuqori sifatli qo‘llash kafolati bo‘la olmasligiga rozi bo‘ladilar.
5.1.2. IJROCHI imzolangan SHARTNOMAga muvofiq o‘zining kasbiy ta’lim markazida ta’lim olayotgan har qanday shaxs aviatsiya korxonasi, nazorat qiluvchi organ yoki davlat organi tomonidan berilgan tasdiqlar, litsenziyalar, sertifikatlar yoki toifalarga ega bo‘lish uchun zarur malakaga ega bo‘lishiga kafolat bermaydi.
5.1.3. BUYURTMACHI yoki uchinchi shaxs tomonidan imzolangan SHARTNOMAni bajarish natijalari bilan bog‘liq yoki IJROCHIning o‘quv xizmatlaridan foydalanish natijasida yetkazilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bilvosita maxsus, tasodifiy, jazolovchi, shoshilinch, shoshilinch bo‘lmagan, oldindan aytib bo‘lmaydigan yoki kutilmagan zararlar uchun, hatto IJROCHI yetkazilgan zararlar haqida xabardor qilingan, bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan taqdirda ham javobgar bo‘lmaydi.
5.1.4. IJROCHI har qanday javobgarlikni qabul qilmaydi va BUYURTMACHI IJROCHIning o‘qitish xizmatlaridan foydalanish natijasida yetkazilgan yoki ular bilan bog‘liq har qanday zararlar uchun javobgar bo‘lmasligiga rozi bo‘ladi.
5.1.5. SHARTNOMA, shuningdek, SHARTNOMAga muvofiq berilgan Sertifikatlar ishga joylashishni kafolatlamaydi va har qanday tashkilotda, har qanday mutaxassislik bo‘yicha, shu jumladan o‘qish o‘tkazilgan tashkilotda ishga joylashish uchun yagona asos bo‘la olmaydi.
6.XIZMATLAR NARXI VA TO‘LOV TARTIBI
6.1. Xizmatlar narxi TOMONLAR imzolagan SHARTNOMAning Ilovasi hisoblangan “Xizmat ko‘rsatish shartnoma narxi haqidagi kelishuv bayonnomasi”da ko‘rsatiladi.
6.2. Xizmatlar 100% oldindan to‘lov asosida amalga oshiriladi.
6.3. Oldindan rejalashtirilgan o‘quv-mashg‘ulot tadbirlari IJROCHI aybi bilan bekor qilinsa, oldindan to‘lov BUYURTMACHIga to‘liq qaytariladi yoki BUYURTMACHI roziligiga binoan xizmatlar kechroq muddatga qoldiriladi.
6.4. Mazkur hujjatning 3.1.7-bandiga muvofiq BUYURTMACHI aybi bilan qisman yoki to‘liq bekor qilingan xizmatlar uchun oldindan to‘lov qaytarilmaydi.
6.5. Oldindan rejalashtirilgan o‘quv-mashg‘ulot tadbirlari BUYURTMACHI aybi bilan bekor qilinsa, oldindan to‘lov quyidagi tartibda qaytariladi:
6.5.1. xizmatlarni yozma ravishda rad etganda (yozma ariza yoki elektron pochtada xabar):
- o‘quv tadbirlari boshlanishidan kamida 5 ish kuni oldin xizmatlarni ko‘rsatish yozma ravishda rad etilgan taqdirda – oldindan to‘lov miqdorining 100%;
- o‘quv tadbirlari boshlanishidan kamida 1-3 ish kuni oldin xizmatlarni ko‘rsatish yozma ravishda rad etilgan taqdirda – oldindan to‘lov miqdorining 50%;
6.6. qolgan har qanday vaziyatlarda BUYURTMACHI tomonidan qisman yoki to‘liq bekor qilingan xizmatlar uchun oldindan to‘lov qaytarilmaydi.
7.XIZMAT KO‘RSATISH QOIDALARI
7.1. Har bir ish haftasi uchun darslar va imtihonlar jadvali hafta boshlanishidan oldingi oxirgi ish kunida mashg‘ulotlar jadvali doskasida va aviatraining.uz rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
7.2. Mashg‘ulot va imtihonlar jadvali kamida bir o‘quv haftasiga tuziladi.
7.3. Kunduzgi (an’anaviy) mashg‘ulotlarning birinchi kunida o‘qituvchi tinglovchilarni O‘MM infratuzilmasi, favqulodda chiqish joylari, yong‘in va asosiy zinapoyalar, o‘t o‘chirish moslamalari, hojatxonalar, qo‘llarni tozalash vositalari, oshxona, chekish joyi va boshqa muhim xavfsizlik va hayotni qo‘llab-quvvatlash elementlari bilan tanishtiradi. Mashg‘ulotlar boshlanishidan oldin tinglovchilar ichki ob’ekt va ruxsatnoma rejimi qoidalari, shuningdek, O‘MM yoki ijaraga olingan ob’ekt hududida va binolarida xavfsizlik choralari bilan tanishishlari kerak.
7.4. Tinglovchi butun kurs umumiy soatlarining 25% yoki undan ko‘prog‘ini yoki fanlardan biri bo‘yicha o‘quv rejasida belgilangan soatlar hajmini o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, keyingi mashg‘ulotlarga va/yoki imtihon va test sinovlariga qo‘yilmaydi. Bunda, darslarni qoldirish sabablaridan qat’iy nazar, TOMONLAR imzolagan SHARTNOMA bekor qilinadi, ushbu tinglovchining o‘qiganligi hisobga olinmaydi va hech qanday holatda o‘qishni tugatganligi to‘g‘risidagi Sertifikat berilmaydi.
7.5. Oldingi bandda ko‘rsatilganidan kamroq hajmda mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan tinglovchini o‘quv kursini davom ettirishga qabul qilish O‘MM direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tinglovchining yozma arizasi batafsil o‘rganilgandan so‘ng, hamda qoldirilgan darslar sabablarining obyektivligini tahlil qilib, o‘qituvchi(lar)ning keyingi darslarni davom ettirish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risidagi fikri bilan amalga oshiriladi. Bunday holda, darslarni davom ettirishga qabul qilingan tinglovchi mustaqil ravishda yoki o‘qituvchi rahbarligida o‘zlashtirmagan materialni o‘rganadi va o‘qituvchiga uni o‘zlashtirganligini ko‘rsatadi, bu haqda o‘quv guruhining jurnaliga tegishli yozuv kiritiladi.
7.6. Test sinovlarida har bir savolning 4 variantdan birini tanlashi uchun tinglovchiga bir daqiqadan vaqt beriladi.
7.7. Test sinov jarayonida tinglovchi, agar kurs BUYURTMACHIsi standart va talablariga zid kelmasa, ma’lumotnomadan foydalanish huquqiga ega, lekin faqat qog‘oz variantda (open book exam). Aks holda, test ma’lumotnomadan foydalanmagan holda amalga oshiriladi (closed book exam). Test sinov jarayonida har qanday elektron qurilmalar (gadjetlar) orqali internet tarmog‘iga kirish yoki ma’lumotnoma materialiga kirish – taqiqlanadi.
7.8. Berilgan savollarning umumiy soniga to‘g‘ri javoblar sonining foiziga qarab, test natijalari bo‘yicha baholashning quyidagi mezonlari belgilanadi:
5 ball (A’lo – Excellent) – 86%dan yuqori;
4 ball (Yaxshi – Good) – umumiy berilgan savollarning 71%dan 85% gacha;
3 ball (Qoniqarli – Satisfactory) – umumiy berilgan savollarning 56% dan 70% gacha;
2 ball (Qoniqarsiz – Fail) – 55% va undan kam.
7.9. Og‘zaki imtihon shaklida o‘tkazishda har bir tinglovchi (BUYURTMACHI) ko‘rmasdan bitta imtihon biletini tanlashi kerak, unda ham nazorat savollari, ham amaliy topshiriqlar bo‘lishi mumkin. Tinglovchi o‘zi tanlagan imtihon biletining har bir nazorat savoliga va amaliy topshirig‘iga javob berishga tayyorlanishi uchun 5 daqiqa vaqt sarflash huquqiga ega. Shu bilan birga, tinglovchi hech qanday ma’lumotnoma, Internetga kirish yoki elektron qurilmalardan (gadjetlardan) foydalanishga haqli emas.
Nazorat va qo‘shimcha savollarning og‘zaki javobi natijalariga ko‘ra besh balli tizimda baholar qo‘yiladi.
7.10. O‘qituvchi (ekzamenator) og‘zaki imtihon bo‘yicha yakuniy bahoni quyidagi mezonlarni hisobga olgan holda belgilaydi:
«5» baho (A’lo – Excellent) tinglovchi barcha nazorat va qo‘shimcha savollarga mukammal javob bergan bo‘lsa, fan bo‘yicha chuqur bilimini ko‘rsatsa, o‘z fikrlarini adabiy va texnik jihatdan malakali tilda, zamonaviy xalqaro aviatsiya terminologiyasidan foydalangan holda ifodalagan bo‘lsa qo‘yiladi.
«4» baho (Yaxshi – Good) tinglovchi barcha savollarga asosan to‘g‘ri javob bergan bo‘lsa, shu bilan birga kichik xatolarga yo‘l qo‘ygan va o‘z vaqtida tuzatgan bo‘lsa, fan bo‘yicha puxta bilimini ko‘rsatsa, o‘z fikrlarini adabiy va texnik jihatdan malakali tilda, zamonaviy xalqaro aviatsiya terminologiyasidan foydalangan holda ifodalagan bo‘lsa qo‘yiladi.
«3» baho (Qoniqarli – Satisfactory) tinglovchi savollardan biriga noto‘g‘ri yoki to‘liq javob bermagan bo‘lsa va imtihon oluvchining qo‘shimcha savollaridan so‘ng o‘z fikrlarini tushunarli tilda ifodalagan holda mustaqil ravishda aniqlab, fan bo‘yicha qoniqarli bilimini ko‘rsatsa, terminologiyada biroz noaniqliklarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa qo‘yiladi.
«2» baho (Qoniqarsiz – Fail) tinglovchi imtihon biletidagi bir yoki bir necha savollarga javob bera olmagan bo‘lsa qo‘yiladi.
7.11. Imtihon biletining nazorat savollariga javob berishda tinglovchida arzimagan qiyinchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, imtihon oluvchi bilimlarni baholashda xolislikni ta’minlash maqsadida tinglovchiga boshqa imtihon biletini ikkinchi marta tanlashni taklif qilishga haqli. Biroq, bu holda imtihonning yakuniy bahosi 4 dan (Yaxshi – Good) yuqori bo‘lishi mumkin emas.
7.12. Qoniqarsiz baho (2 ball) yoki kursni tamomlaganligi to‘g‘risidagi guvohnomani (3 ball) olishga imkon bermaydigan baho olgan taqdirda tinglovchiga imtihon va tekshirish tadbiridan direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, tinglovchining arizasi asosida va ushbu fan bo‘yicha o‘qituvchining (imtihon oluvchining) ruxsat beruvchi yozma arizasi bilan qayta o‘tishga faqat bir marta ruxsat etiladi. Bunday holda, BUYURTMACHI qayta topshirish tadbiriga sarflangan qo‘shimcha soatlar uchun to‘lovni amalga oshirishi shart.
7.13. Dasturda ko‘zda tutilgan imtihon-tekshiruv tadbirlarini ekstern sifatida (o‘qimasdan) topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
7.14. O‘quv kursi dasturida ko‘zda tutilgan imtihon va tekshiruv tadbirlari tinglovchi uchun bir o‘quv kuni davomida bitta yoki ikkita o‘quv fanidan sinovdan o‘tishiga ruxsat beriladigan qilib rejalashtiriladi.
7.15. Har qanday hollarda ham, tinglovchi dasturda ko‘zda tutilgan barcha kurslarni va har qanday qayta imtihon va tekshirish tadbirlarini kurs dasturiga tayyorgarlik tugagan kundan boshlab 30 kalendar kuni ichida bajarishi shart. Aks holda, ushbu tinglovchiga o‘quv kursini tamomlaganligi to‘g‘risidagi sertifikat berilmaydi.
7.16. Har bir imtihon va tekshirish tadbirlari uzluksiz audio-video yozuvlar bilan amalga oshiriladi. Yozib olingan fayllar maxsus serverda uch yil davomida saqlanadi. Ushbu fayllar xizmatlar buyurtmachisiga yoki uning vakiliga, shuningdek nazorat qiluvchi organlarga faqat ularning rasmiy iltimosiga binoan va O‘MM direktori yoki uning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining yozma ruxsati bilan berilishi mumkin. Videofayllar bilan ishlashda barcha xodimlar va tegishli shaxslar imtihon va tekshirish tadbiri paytida olingan videoyozuv tadbir ishtirokchilarining ishbilarmonlik obro‘siga putur yetkazishi va/yoki ularning kasbiy fazilatlariga shubha uyg‘otishi, shuningdek, xavf tug‘dirishi mumkinligini hisobga olishlari kerak. Shaxsiy ma’lumotlarning oshkor etilishiga hech qanday sharoitda yo‘l qo‘yilmaydi, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
7.17. Imtihon-tekshiruv tadbirlari nazorat savollari bilan ta’minlanadi.
7.18. Imtihon-tekshiruv tadbirlariga tayyorlanish vaqtida tinglovchi to‘g‘ri javoblari ko‘rsatilmagan nazorat savollari bilan tanishish huquqiga ega.
7.19. Alohida hollarda, testga sifatliroq tayyorlanish va materialni yaxshiroq o‘zlashtirish maqsadida, O‘MM tinglovchilarga sinov o‘quv-mashg‘ulot tadbirlarini (Mock Test) taqdim etishga haqli.
7.20. ICAO shkalasi bo‘yicha ingliz tili bilish darajasini aniqlash uchun test individual va faqat suhbat (intervyu) shaklida o‘tkaziladi. Mazkur imtihon va tekshirish tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasi agentligi bilan kelishilgan alohida qo‘llanma (yo‘riqnoma) asosida tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
7.21. Test uchun maxsus jihozlangan alohida xonada davlat reyteri tomonidan audioyozuvdan foydalangan holda test sinovlari o‘tkaziladi va natijalari imtihonda qatnashmagan boshqa davlat reyteri tomonidan tekshiriladi. Test natijalari test tugaganidan keyin 24 soat ichida e’lon qilinadi.
7.22. O‘MM xalqaro maqomga ega bo‘lganligi sababli Kursni tamomlaganlik sertifikati faqat ingliz tilida beriladi va o‘z shakli va mazmuniga ko‘ra aviatsiya xodimlarini tayyorlash bo‘yicha xalqaro standartlarga mos keladi.
7.23. Tinglovchi har qanday fan bo‘yicha yakuniy 4 dan past bo‘lgan baho olganida kursni tamomlaganligi to‘g‘risidagi Sertifikat o‘rniga o‘quv kursining barcha fanlari bo‘yicha yakuniy baholarni ko‘rsatuvchi ma’lumotnoma beriladi.
7.24. ICAO shkalasi bo‘yicha ingliz tili bilim darajasini aniqlash uchun test natijalariga asoslangan sertifikat 6 ta baholangan parametr bo‘yicha: pronunciation-talaffuz, structure-grammatika, vocabulary-lug‘at boyligi, fluency – nutq ravonligi, comprehension-tushunish, interactions-o‘zaro ta’sir kabi individual natijalarni ko‘rsatgan holda 4 yoki undan yuqori yakuniy natija bilan beriladi.
7.25. Sertifikatlar egasining familiyasi va ismi, kurs nomi va boshqa zarur ma’lumotlar ko‘rsatilgan qat’iy hisobga olingan maxsus raqamlangan blankalarida chop etiladi.
7.26. Sertifikatlarning dublikati faqat sertifikat egasining yozma arizasi va O‘MM direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari ruxsati bilan beriladi.
7.27. O‘MM, agar mijoz ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash yoki boshqa shartlar bo‘yicha shartnomaning barcha majburiyatlarini to‘liq bajarmagan bo‘lsa, kurslarni tugatganligi to‘g‘risidagi Sertifikatni o‘z vaqtida berishdan voz kechishga haqli.
7.28. O‘quv-mashg‘ulot uskunalari transport Vazirligi fuqaro aviatsiya Agentligi sertifikatsiyasidan o‘tkaziladi. Sertifikatsiya o‘tkazishga O‘zbekiston Respublikasi GM-GEN-011-sonli Aviatsiya qoidalari asos hisoblanadi.
7.29. O‘MM tinglovchi va o‘qituvchilari uchun kerakli darslik, texnik adabiyot va boshqa o‘quv va axborot materiallari texnik kutubxona tomonidan ta’minlanadi.
7.30. Har bir tinglovchi texnik kutubxonada kerakli darslik, texnik adabiyot va boshqa o‘quv va axborot materiallarini qog‘oz shaklda yoki elektron qurilmada vaqtinchalik foydalanish uchun bepul tarzda olishi mumkin. Kutubxonadan vaqtincha foydalanishga olingan material yoki elektron qurilmalarni qaytarmagan tinglovchiga kurs tugallanganligi haqidagi Sertifikat berilmaydi, shu bilan birga unga nisbatan moddiy zararni undirish choralari qo‘llaniladi.
7.31. O‘quv jarayonini amalga oshirishda har bir ishtirokchiga (o‘qituvchi, tinglovchi va xizmat buyurtmachilari) quyidagilar qat’iyan man etiladi:
- spirtli ichimliklar, giyohvand va psixotrop moddalar iste’mol qilish;
- sigaret, trubka, kalyan, nosvoy, chaynaladigan va hidlanadigan tamaki mahsulotlarini chekish;
Izoh: O‘MM xodimlari va tashrif buyuruvchilariga O‘MM orqa hovlisida, maxsus ajratilgan joyda chekishga ruxsat etiladi. Hududda maxsus chiqindi idish, kuldon o‘rnatilgan va tutunning tarqalishini oldini olish maqsadida atrofi to‘silgan. Chekish joyidan bevosita yaqinlikda yong‘inga qarshi shit va suv quvuriga yo‘l mavjud.
- O‘MM xodimlari, hamda buyurtmachilar tomonidan korrupsiya holatlarining biror ko‘rinishi;
- xavfsizlik texnikasi, ichki ob’ekt ruxsatnoma rejimi qoidalarini buzish;
- O‘MM hududiga yonuvchi, portlovchi materiallar, qurollar, o‘q-dorilar, zaharli moddalar va zaharlar, infratuzilma, mulk va O‘MM hududida joylashgan shaxslar uchun xavf tug‘diradigan boshqa narsalarni olib kirish;
- O‘MM xodimlari va tashrif buyuruvchilarning tashqi ko‘rinishiga oid talablarini buzish;
- o‘quv-mashg‘ulot yoki imtihon-tekshiruv tadbirlariga kech qolish, o‘z vaqtida va/yoki vaqtdan avval o‘zboshimchalik bilan ketib qolish;
- o‘quv materialini bayon etish va o‘zlashtirishda o‘qituvchiga halal berish yoki boshqa tinglovchilarga halaqit berish;
- atrofdagilarga qo‘pol yoki noadekvat muomalada bo‘lish;
- O‘MM jihozlari, infratuzilmasi elementlari, moddiy yoki intellektual mulkini o‘g‘irlash yoki qasddan buzish;
- har qanday uskunani tegishli tayyorgarliksiz va ushbu faoliyat turi uchun ruxsatnomasiz ishlatish;
- begona shaxslar tomonidan ruxsat etilmagan binolar va inshootlarga kirish;
- sanitariya talablarini buzish, boshqalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlar, viruslar va infeksiyalar tarqalishining oldini olish choralariga e’tiborsiz bo‘lish;
- O‘MM rahbariyatining roziligisiz o‘quv-mashg‘ulot yoki imtihon-test tadbirlarida o‘quv jarayoniga aloqador bo‘lmagan shaxslarning qatnashishi;
- O‘MM rahbariyati yoki uning vakillari tomonidan ruxsat etilmagan har qanday audioyozuv;
- ijtimoiy tarmoqlarda yoki boshqa kanallar orqali O‘MM xodimlari va mijozlarining intellektual mulki bo‘lgan va/yoki O‘MM faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek ushbu faoliyatni obro‘sizlantirishga olib keladigan har qanday ma’lumotlar, shaxsiy ma’lumotlar, materiallarni tarqatish.
8.YAKUNIY QOIDALAR
8.1. Ushbu hujjatning amaldagi nashri aviatraining.uz rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
8.2. Ushbu hujjat TOMONLAR imzolagan SHARTNOMANING ajralmas qismi hisoblanadi.
8.3. TOMONLAR mazkur hujjat va SHARTNOMA shartlarini bilish va bajarish uchun mas’uldirlar.