“Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati O‘quv-mashg‘ulot markazi qoshida havo kemasi bortkuzatuvchisi kasbini egallashni xohlaganlar uchun boshlang‘ich o‘qitish kurslari ochilishini ma’lum qiladi.
O‘qish boshlanishi 2022-yil iyul oyiga rejalashtirilmoqda. O’qish muddati 35 ish kunini tashkil qiladi.
O‘qish natijalariga ko‘ra, o‘qitish dasturini yaxshi o‘zlashtirgan va imtihonlarni topshirgan nomzodlar “Uzbekistan Airways” AJ ga ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ish bilan ta’minlash kafolatlanmaydi, lekin nomzodning tashqi ko‘rinishi, sog‘lig‘i, tillarni bilish darajasi (o‘zbek, rus, chet), intizomi, jamiyatda o‘zini tuta bilishi va kurs o‘quv dasturini o‘zlashtirishiga bog‘liq bo‘ladi.