Agar Siz 21 yoshga to`lib, 32 yoshdan oshmagan bo`lsangiz, Sizning tugallangan oliy texnik ma’lumotingiz bo`lsa, Siz harbiy guvohnomaga ega bo`lsangiz, siz ingliz tilini mukammal bilsangiz va bu IELTS sertifikati 6,0 darajadan past bo`lmagan natija bilan tasdiqlangan bo`lsa, shuningdek salomatligingiz mustaxkam holatda deb o`ylasangiz, demak bu bo`lim aynan Siz uchun.
Uchuvchi bo’lish oson ish emas, tayyorgarlik ko’p vaqt talab etadi, bilim va ko’nikmalarni egallash deyarli hayot davomida davom etadi.
Biroq, parvoz etishni orzu qilganlar va qiyinchiliklarni
Kursga topshiradigan nomzodlarning Yoshi cheklanganmi?
Ha, cheklangan. Nomzod 18 yoshdan kichik va 32 yoshdan katta bo`lmasligi kerak.
Kursga topshirishda ayol nomzodlar uchun cheklov bormi?
Cheklov yoq. Biroq, ayni vaqtda parvoz ta’limi jarayonida bir vaqtning o`zida ayol va erkaklar o`qishi uchun mutanosib infratuzilma mavjud bo`lmagani uchun ayollarni o`qitish rejalashtirilmagan. Kelajakda barcha zaruriy sharoitlar yaratiladi va ayollar ham nomzod sifatida kursga kiritiladi.
Ta’lim jarayoni qaysi tilda olib boriladi?
Jahon fuqaro aviatsiyasi faoliyati bo`yicha barcha savollarni IKAO xalqaro tashkiloti tartibga solidi, O`zbekiston Respublikasi ham IKAO a’zosi hisoblanadi. IKAO rasmiy tillari:
Rus, ingliz, ispan, frantsuz, arab va xitoy tillari IKAO ishchi tillari hisoblanadi. Bu tillardan cheklangan me’yorda IKAO kengashi va uning doimiy organlari ishida, Assambleya sessiyalari va maxsus yirik konferensiya va kengashlarda foydalaniladi. IKAO 180 dan ortiq davlatlarni birlashtiradi.
Uchuvchilar boshlang`ich tayyorlov kurslarida ingliz tilidagi darsliklar va kompyuter o`quv dasturlaridan foydalaniladi. O`qituvchilar maslahatlarini rus va ingliz tillarida olib boradilar.
Kursga chet el oliygohi diplomini O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, keyinroq nostrifikasiya qilish sharti bilan topshirish mumkinmi?
Yo`q. Nomzod xujjatlari faqatgina diploma belgilangan tan olish va nostrifikasiyadan o`tganidan so`ng qabul qilinadi.
Uchuvchilar boshlang`ich tayyorlov kurslarida boshqa oliygoh bilan bir vaqtda o`qish mumkinmi?
Yo`q. Kursda o`qish to`liq bandlikni talab etadi va boshqa tashkilotlarda o`qish yoki ishlash bilan birlashtirilmaydi. Bundan tashqari, nomzod texnik yo`nalishdagi tugallangan oliy ma’lumotga ega bo`lishi kerak.
Ta’lim boshlanishida yo`l qo`yilmaydigan kasallikka ega bo`lib, o`qish jarayonida davolanish mumkinmi?
Yo`q. Uchuvchi kasbi mustahkam sog`liqni talab etadi va sog`liq bo`yicha belgilangan talablardan (hech qanday) chetlanishga yo`l qo`yilmaydi.
Kurslarda O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lmagan shaxslar o`qishi mumkinmi?
Yo`q. Ayni vaqtda bunday imkoniyat nazarda tutilmagan.
Kursga O`zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi tegishli tuzilmalari harbiy guvohnomasiga ega bo`lmagan erkaklar kirishi mumkinmi?
Yo`q. Nomzodda harbiy guvohnomaning mavjudligi, xujjat qabul qilishning majburiy sharti hisoblanadi.
Uchuvchilar tanlovi va tayyorlash faqat aviatsiya xodimlari orasidan o`tkaziladi, degan ma’lumot tushdi. Shu to`g`rimi?
Ha, xaqiqatda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi №524- sonliQaroriga muvofiq, “O`zbekiston havo yo`llari” MAK “O`quv-mashg`ulotlar markazi” Davlat unitary korxonasi tarkibida jliy texnik ma’lumotga ega bo`lgan aviatsiya xodimlari ishtirokida fuqaro aviatsiyasi uchuvchilar boshlang`ich tayyorlov kurslari tashkil etilishi kerak. Biroq, tanlovdan muvoffaqiyatli o`tgan har bir nomzod, keyinchalik “O`zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi uchuvchisi guvohnomasi”ni olish uchun kurs tinglovchisi hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 4 sentabrdagi №313-sonli boshqa Qaroriga muvofiq, “Parvozlar mutaxassisliklari guvohnomalarini oladigan nomzodlar” O`zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aviatsiya xodimi sanaladi. Shuning uchun uchuvchilar boshlang`ich ta’limi tanlovining barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o`tish, O`quv-mashg`ulotlar markazi kurslari nomzodi etib tayinlanish uchuvchi guvohnomasini olgunga qadar, vaqtinchalik aviatsiya xodimi tarkibiga kirishini bildiradi.
Nomzodlar qanday imtihonlardan o`tadilar?
Nomzod, ingliz tilidanIELTS dasturi bo`yicha bahosi 6.0dan past bo`lmagan darajasini tasdiqlovchi sertifikat taqdim etishi kerak. Bundan tashqari, fizika, matematika va rus tili fanlaridan yozma imtihonlardan o`tishi kerak.
Kurs bitiruvchisiga “Uzbekistan airways” aviakompaniyasida ish bilan ta’minlash kafolatlanadimi?
O`qitish kursini to`liq va muvaffaqiyatli tugatgan va tibbiy talablarga mos keladigan nomzod, aviakompaniyaga ishga olinadi. Biroq, imtihonlarda qoniqarsiz baho olgan yoki sog`lig`i yomonlashgan nomzod kursdan xaydaladi va undan sud tartibida o`qitishga sarflangan pullar undiriladi.
Nomzod uchun kurslarda o`qish necha pul bo`ladi?
Kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan va aviakompaniyaga ishga qabul qilingan tinglovchilar o`qishi uchun pul to`lamaydilar. Nomzod belgilangan muddatgacha (5yil) aaviakompaniyada ishlab bermay bo`shatilsa, uni o`qitishga sarflangan pulning to`liq hajmini to`laydi.
Aviakompaniya bilan moddiy va boshqa majburiyatlar bo`lmasligi uchun, kurslarda o`z hisobidan o`qish mumkinmi?
Kurslar aviakompaniyaning uchish tarkibidagi shaxsiy ehtiyojini qondirish uchun tashkil etilayotgani sababli, kontrakt asosida o`qitish variant hozircha faqat ishlab chiqilmoqda.
Kurslarni tugallagani haqidagi sertifikat chet el aviakompaniyalarida tan olinadimi?
Butun jahon Fuqaro aviatsiyasida ishlash uchun, uchuvchi guvohnomasi yoki listsienziyasi talab etiladi. Bunday xujjatlarni taqdim etish bilan Davlatlar Aviatsiya Ma’muriyatlari shug`ullanadi. Qaysi uchish o`quv yurtini tugatganingizga qaramay, Aviatsiya Ma’muriyati Sizdan uchish tayyorgarligini tugatganingiz haqida diplomingiz xaqqoniy ekanligi haqida isbot talab etadi. Kerakli isbotlarni qabul qilgandan song, sizni qiziqtirayotgan aviakompaniya ro`yxatdan o`tgan davlat nomidan berilgan uchuvchilik guvohnomasi mavjud bo`lsa, siz shu aviakompaniyaga ishga kirishga nomzod bo`la olasiz. Biroq, nufuzli aviakompaniyalar, uchuvchilik guvohnomasi bo`lsa ham, da’vogarlar uchun alohida nazariy va amaliy imtihonlar o`tkazadilar.
Kurslarda boshqa viloyat tinglovchilari ham o`qiy oladimi?
O`zbekiston Respublikasida yashovchilar uchun hududiy cheklovlar yo`q.
Boshqa viloyatdan kelganlar uchun yotoqxona taqdim etiladimi?
Tinglovchilarni yotoqxona bilan ta’minlash rejalashtirilmagan.
Kurslarda o`qish davomiyligi qancha?
O`qitush kursi uch modulga bo`linadi:
1-Modul: nazariy tayyorgarlik – davomiyligi – 1 yil;
2-Modul:AN-2 boshlang`ich o`qitish samolyotiga nazariy, mashq va uchish
tayyorgarligi – 3,5 oy;
3-Modul: IL-114 yoki A-320 bitiruv samolyotiga nazariy, mashq va uchish
Tayyorgarligi – 4 oy;
Bitiruv imtihonlari – 1 oy.
Jami: 20-22 oy (yomon ob-havo sababli kurs uzayishi mumkin).
Tinglovchilarga forma beriladimi?
Forma kurs bitiruvchilariga aviakompaniyaga ishga qabul qilinganidan song taqdim etiladi.
Tinglovchilarga stipendiya beriladimi?
Yo`q.
Boshqa viloyatdan kelgan tinglovchilarga bepul aviabilet taqdim etiladimi? Qancha vaqt davomida bilet olish mumkin?
Tinglovchilarga aviabilet to`liq narxiga beriladi. Bepul aviabilet kurs bitiruvchilariga aviakompaniyada belgilangan mehnat stajiga ega bo`lganidan song beriladi.
Tinglovchi uchishni bilmagani uchun kursdan xaydalishi mumkinmi?
Afsuski, uchishni o`rgatish tarixida tabiatdan samolyot boshqarishni o`rganish berilmagan odamlar uchrab turadi. Bunday holat tinglovchida vestibulyar apparatda uchraydigan muammolarda yoki ko`rish, eshitish yashirin kamchiliklarda va shunga o`xshash boshqa muammolarda yuzaga keladi.
KASALLIKLAR VA JISMONIY KAMCHILIKLAR NOMLANISHI |
UCHUVCHILIKKA O‘QUVCHI NOMZODLAR |
A. PSIXIK VA ASAB KASALLIKLARI | |
1. Shizofreniya, affektiv psixozlar, paranoyya | Yaroqsiz |
2. Infeksion, intoksikatsion, reaktiv psixozlar; reaktiv holatlar(ipoxondrik, depressiv); nevrozlar( nevrasteniya, isteriya): | |
2.1.Psixik faoliyatning buzilishida, muqim rezidual holatda yoki davolanishdan keyingi astenik sindromda | Yaroqsiz |
2.2.Asab-psixik faoliyatning to‘liq tuzalishi va tomir-qon tizimining yengil o‘zgarishi | Yaroqsiz |
3. Alkogolizm, doriga o‘rganuvchanlik, giyohvandlik. | Yaroqsiz |
4. Shaxsiyatning buzilishi: | |
4.1.Barcha turdagi psixopatiya va nopsixik xarakterdagi boshqa o‘zgarishlar. | Yaroqsiz |
4.2.Psixik infantilizm, shaxsiyat aksentuatsiyasi. | Yaroqsiz |
5. Epilepsiya. | Yaroqsiz |
6. Bosh va orqa miya tomir shikastlanishi | |
6.1.Miya qon aylanishining og‘ir buzilishi va uning oqibatlari. Surunkali miya-tomir yetishmovchiligi. | Yaroqsiz |
6.2. Bosh va orqa miya tomirlarining boshlang‘ich shikastlanishi | Yaroqsiz |
7. Turli etiologiyali markaziy asab tizimi organik kasalliklari. | |
7.1.Funksiyaning buzilishi yoki zo‘rayishi | Yaroqsiz |
7.2.Kasallanish oqibatida asab psixik funksiyalarining buzilishi. | Yaroqsiz |
8. Bosh miya yoki orqa miya shikastlanishi oqibatlari. | |
8.1.Asab-psixik funksiyalarining aniq buzilishi, tutqanoq sindromi. | Yaroqsiz |
8.2.Arzimas klinik ko‘rinishlarda. | Yaroqsiz |
9. Vegetativ nerv sistemasi kasalliklari. | |
9.1.Ish faoliyatining yo‘qolishiga olib keladigan Vegetativ nerv sistemasi kasalliklarining kuchaygan yoki kriz o‘tishi. | Yaroqsiz |
9.2.Yengil yoki me’yordagi emotsional-vegetativ buzilishlarda. | Alohida baholash |
10. Periferik nerv sistemasi shikastlanishi va kasalliklari. | |
10.1. Harakat, sezuvchanlik, trofik va doimiy og‘riq sindromi buzilishida tez-tez kuchayadigan surunkali kasallikda. | Yaroqsiz |
10.2. Ish faoliyatini bajarishga halaqit qilmaydigan arzimas buzilishlar ko‘rinishida, kam qaytalaydigan surunkali kasallikda. | Yaroqsiz |
11. Aniqlanmagan etiologiyali sinkopal holatlar(xushdan ketish). | Yaroqsiz |
B. ICHKI KASALLIKLAR. | |
12. Surunkali infeksion va parazitar kasalliklar: | |
12.1. Umumiy astenizatsiya bilan kechadigan organlar funksiyasining buzilishi | Yaroqsiz |
12.2. Organlar funksiyasining arzimas buzilishida, bunda simptomsiz o‘tishi va tashuvchilikda. | Yaroqsiz |
13. Qon tizimi kasalliklari: | |
13.1. Zo‘rayishida. | Yaroqsiz |
13.2. Davolab bo‘ladiganida. | Yaroqsiz |
14. Turli etiologiyali allergik holatlar: | |
14.1. Tez-tez zo‘rayadigan. | Yaroqsiz |
14.2. Retsidivga moyilligi yo‘q. | Yaroqsiz |
15. Semirish: | |
15.1. Semirishning II darajasi. | Yaroqsiz |
15.2. Semirishning I darajasi. | Yaroqsiz |
15.3. Tana vaznining to‘laligi. | Yaroqli |
16. Endokrin tizimi kasalliklari: | |
16.1. Aniq shakli. | Yaroqsiz |
16.2. Yengil shakllari. | Yaroqsiz |
17. Nafas yo‘llari tuberkulyozi: | |
17.1. Faol yoki aniq o‘zgarishli. | Yaroqsiz |
17.2. Davolangan va nafas olish yo‘llarining sezilmas o‘zgarishida. | Yaroqsiz |
18. Nafas yo‘llari kasalliklari: | |
18.1. Nafas olish funksiyasi buzilishining aniq ko‘rinishida yoki zo‘rayishga moyilligida. | Yaroqsiz |
18.2. Nafas olish funksiyasi buzilishining arzimas ko‘rinishida va zo‘rayishga moyilligi yo‘qligida. | Yaroqsiz |
19. Kardinal turdagi neyrosirkulyator distoniya: | |
19.1. Og‘riqli yoki astenik sindromda, ritm va o‘tkazuvchanlikning aniq ko‘rinishidagi buzilishida. | Yaroqsiz |
19.2. Kompensir shaklida. | Yaroqsiz |
20. Arterial gipertenziya: | |
20.1. ABning doimiy ko‘tarilishida. | Yaroqsiz |
20.2. ABning nazorat qilib bo‘ladigan ko‘tarilishida. | Yaroqsiz |
20.3. ABning tranzitar ko‘tarilishida. | Yaroqsiz |
21. Aterosklerotik xarakterdagi yurak mushak va tomirlari kasalliklari: | |
21.1. Yurak ishemik kasalligi. | Yaroqsiz |
21.2. Koronar, umumiy qon aylanishi buzilishisiz va rim va o‘tkazuvchanlikning buzilishisiz. |
Yaroqsiz |
22. Noaterosklerotik yurak kasalliklari: | |
22.1. Protsess faolligi belgilarida, yurak kengayishida, ritm va o‘tkazuvchanlikning aniq buzilishida, funksional faoliyatning pasayishida, og‘riq sindromida. |
Yaroqsiz |
22.2. Faol bo‘lmagan kompensir shakllarda. | Yaroqsiz |
23. Oshqozon va ichak kasalliklari: | |
23.1. Ovqat xazm qilish buzilishida, zo‘rayishida. | Yaroqsiz |
23.2. Ovqat xazm qilish buzilishida. | Yaroqsiz |
24. Jigar, o‘tqop, oshqozon osti bezi kasalliklari: | |
24.1. Zo‘rayishda, xazm organi buzilishida, og‘riq sindromida, tosh borligida. | Yaroqsiz |
24.2. Zo‘rayishsiz, xazm organi faoliyati saqlanishida. | Yaroqsiz |
25. Buyrak kasalliklari: | |
25.1. Gipertenzion sindromli og‘ir va surunkali funksiya buzilishida. | Yaroqsiz |
25.2. Aniq remissiya yoki funksiya buzilishisiz zo‘rayishdan keyingi o‘zgarishda. | Yaroqsiz |
26. Sustav va birlashtiruvchi to‘qimalarning tizimli kasalliklari: | |
26.1. Og‘ir o‘tishida, ichki organlarga ta’sirida, og‘riqli yoki astenik sindromlarda, muntazam dori ichish terapiyasida. | Yaroqsiz |
26.2. Aniq remissiya va organlar funksiyasining buzilishida. | Yaroqsiz |
V. XIRURGIK KASALLIKLAR. | |
27. Tananing proportsional bo‘lmagan rivojlanishida, yoshga jismoniy rivojlanishning mos emasligida. | Yaroqsiz |
28. Periferik limfa tugunchalarining tuberkulyozi va gribokli shikastlanishida(aktinomikoz va b.). | Yaroqsiz |
29. Porok rivojlanishi, suyak, tomir, mushaklarning surunkali kasalliklari, travma va operatsiya oqibatlari, kuyish va muzlash shramlari: | |
29.1. Kiyim va oyoq kiyim kiyishga xalaqit qiluvchi tez-tez takrorlanadigan, og‘riqli sindrom, kosmetik defect. | Yaroqsiz |
29.2. Kiyim va oyoq kiyim kiyishga xalaqit qilmaydigan, tez-tez takrorlanmaydigan, og‘riqsiz sindrom. | Yaroqsiz |
30. Xavfli o‘smalar: | |
30.1. O‘sma aniqlanganda. | Yaroqsiz |
30.2. Anamnezda o‘sma borligida, davolanishdan so‘ng. | Yaroqsiz |
31. Zararsiz o‘sma: | |
31.1. Organlar funksiyasini buzuvchi, harakatni va kiyim kiyishni qiyinlashtiruvchi, ammo operativ davolanishga muhtoj emas. | Yaroqsiz |
31.2. Organlar funksiyasini buzmaydigan, harakatni va kiyim kiyishni xalaqit qilmaydigan, og‘riqsiz. | Alohida baholash |
32. Ko‘krak qafasi va diafragmasi kasalliklari, rivojlanishi, operatsiya va travma oqibatlari: | |
32.1. Ko‘krak qafasi funksiyasini buzuvchi kasallikda. | Yaroqsiz |
32.2. Ko‘krak qafasi funksiyasini buzmaydigan kasallikda. | Yaroqsiz |
33. Qizilo‘ngach kasalliklari: | |
33.1. Operativ davolashga muhtoj, funksiya buzilishida. | Yaroqsiz |
33.2. Davolashga muhtoj emas, funksiyani buzmaydigan. | Yaroqsiz |
34. Qorin kasalliklari va operatsiyalar: | |
34.1. Organlar funksiyasini buzadigan, gazak olishi mumkin bo‘lgan yaralar, kiyim kiyishga noqulaylik. | Yaroqsiz |
34.2. Organlar funksiyasini buzmaydigan. | Yaroqsiz |
35. To‘g‘ri ichak va pararental kletchatka kasalliklari: | |
35.1. Zo‘rayib turadigan, orqa qisilishiga olib keladigan, operatsiyadan keyingi oqibatlar. |
Yaroqsiz
|
35.2. Zo‘raymaydigan, funksiya buzilishisiz. | Yaroqsiz |
36. Tomirlar shikastlanishi, kasallik alomatlari, rivojlanishi: | |
36.1. Qon aylanishi, limfa aylanishi, trofik shikastlanish, og‘riq sindromlari buzilishi. | Yaroqsiz |
36.2. Og‘riqsiz qon-limfa aylanishi buzilishi. | Yaroqsiz |
37. Siydik yo‘li kasalliklari, buyrak tushishi, tuxumdon vodyankasi, urug‘don kengayishi kasalliklari: | |
37.1. Og‘riqli, funksiya buzilishi. | Yaroqsiz |
37.2. Og‘riqsiz, funksiya buzilishisiz. | Yaroqsiz |
38. Spetsifik va nospetsifik etiologiyali siydik yo‘li surunkali shamollash kasalliklari: | |
38.1. Faol shamollash fazasi. | Yaroqsiz |
38.2. Siydik yo‘li davolangan tuberkulyozi, funksiya buzilmagan nospetsifik shamollash to‘liq remissiyasi. | Yaroqsiz |
39. Siydiktosh kasalligi: | |
39.1. Tosh borligida, qayta tosh yig‘ishda, tosh yo‘qligida qayta buyrak sanchiqlarida. | Yaroqsiz |
39.2. Bir martalik tosh tushishida, bir martalik buyrak sanchig‘ida, funksiya buzilmasdan tosh tushishida. | Yaroqsiz |
G. TERI TANOSIL KASALLIKLARI. | |
40. Moxov, puzirchatka, teri limfomasi. | Yaroqsiz |
41. Psoriaz, psoriazga o‘xshash holat, ixtioz, qizil lishay, neyrodermatoz, (neyrodermit, pochesuxa, krapivnitsa va b.) ekzema, teri vaskulitlari, kollagenozlar: | |
41.1. Klinik, aniq, tarqalgan formasi. | Yaroqsiz |
42. Venerik kasalliklar va OITS: | |
42.1. OITS. | Yaroqsiz |
42.2. Sifilis, surunkali gonoreya va boshqa venerik kasalliklar. | Yaroqsiz |
C. AYOLLAR KASALLIKLARI VA HOMILADORLIK: | |
43. Ayollar surunkali jinsiy a’zo kasalliklari, endometrioz, tug‘ish asoratlari va operatsiyalar: | |
43.1. Funksiyani buzuvchi doimiy zo‘rayishlar, anatomik defektlar. | Yaroqsiz |
43.2. Og‘riqsiz, funksiya buzmaydigan. | Yaroqsiz |
44. Menstruatsiya sikli tartibsizligi. | Yaroqsiz |
45. Homiladorlik va tug‘ishdan keyingi holat. | Yaroqsiz |
D. KO‘Z KASALLIKLARI: | |
46. Qovoq kasalliklari va konyuktivit: | |
46.1. Tez-tez qaytalanadigan va surunkali. | Yaroqsiz |
46.2. Aniq ko‘rinmaydigan, zo‘rayishsiz. | Yaroqsiz |
47. Ko‘z yosh kasalliklari: | |
47.1. Ko‘z yosh chiqishi buzilishi. | Yaroqsiz |
47.2. Ko‘z yosh chiqishi buzilmaganda. | Yaroqsiz |
48. Ko‘z olmasi kasalligi: shamollashi, tomir, degenerativ xarakterdagi, operatsiyadan keyingi, travmadan keyingi asorat: | |
48.1. Funksiya buzilishi. | Yaroqsiz |
48.2. Ko‘rish organi funksiyasi yetarli saqlanishida. | Yaroqsiz |
49. Glaukoma: | |
49.1. 1B, II,III,IV darajalarda. | Yaroqsiz |
49.2. 1A darajasida ochiqburchakda. | Yaroqsiz |
50. Rang ko‘rish kasalligi: dizromaziya, anomal trixromaziya: | |
50.1. “A” turida. | Yaroqsiz |
50.2. “B” turida. | Yaroqsiz |
50.3. “C” turida. | Yaroqsiz |
51. Ko‘z harakat apparati kasalligi: | |
51.1. Qovoq mushaklari paralichi, paralitik g‘ilaylik. | Yaroqsiz |
51.2. Qisqargan fuzion rezervli geteroforiya. | Yaroqsiz |
52. Ko‘rish aniqligi. | Korreksiyasiz har bir ko‘zda 1.0 da YAROQLI |
53. Refraksiya. |
Uzoqni ko‘rish 1.0 D, yaqinni ko‘rish 0.5 D, astigmatizm 0.5, anizometropiya 1.0 dan yuqori bo‘lmasa YAROQLI. |
54. Presbiopiya 3.5.D darajasidagi akkomadatsiya buzilishida. | Yaroqsiz |
E. QULOQ, TOMOQ, BURUN, OG’‘IZ BO‘SHLIG‘I VA JAG‘ KASALLIKLARI: | |
55. Burun bo‘shlig‘i surunkali kasalliklari: | |
55.1. Shilliq qavat polipozliyoki distrofiyali yiringli sinusitlari. | Yaroqsiz |
55.2. Ko‘rsatilgan asoratlarsiz yiringli sinusitlar. | Yaroqsiz |
55.3. Yiringsiz sinusitlar.(kataral, seroz, vazomotor, allergik, gaymorovik bo‘shliqlar o‘smalari) | Yaroqsiz |
56. Shikastlanish, kasallik yoki operatsiyadan keyingi burun, og‘iz, tomoq, traxeya yoki quloq o‘zgarishlari: | |
56.1. LOR organlar ishini va maxsus vositalar ishlatishni qiyinlashtiradigan. | Yaroqsiz |
56.2. LOR organlar ishini va maxsus vositalar ishlatishni uncha qiyinlashtirmaydigan. | Yaroqsiz |
57. Surunkali tonzillit: | |
57.1. Dekompensatsiyalangan shakli. | Yaroqsiz |
57.2. Kompensatsiyalangan shakli. | Yaroqsiz |
58. LOR organlar volchankasi, tuberkulyozi, xavfli o‘smalari. | Yaroqsiz |
59. Nutq defektlari: | |
59.1. Aniq bilinadigan duduqlash, nutqni tushunarsiz qiladigan ravonsizlik. | Yaroqsiz |
59.2. Yengil, nutqqa ta’sir qilmaydigan. | Yaroqsiz |
60. O‘rta quloq surunkali kasalliklari: | |
60.1. Surunkali yiringli epitimpanit, surunkali yiringli ikki taraflama mezotimpanit, bir taraflama tez-tez zo‘rayadiga yoki polip, granulyarsiya,kariyes bo‘ladigan, ustki nafas yo‘llari shilliq qavati distrofiyasi. |
Yaroqsiz |
60.2. Asoratsiz yiringli bir taraflama mezotimpanit. | Yaroqsiz |
60.3. O‘rta quloq shamollashi asorati,(baraban pereponkasi quruq perforatsiyasi) hamda, yiringsiz surunkali shamollash. | Yaroqsiz |
61. Bir quloq barofunksiyasi buzilishi, atmosfera bosimiga o‘ta sezuvchanlik: | |
61.1. Aniq va o‘ta sezuvchanlik. | Yaroqsiz |
61.2. Aniq bo‘lmagan sezuvchanlik. | Yaroqsiz |
62. Statokinetik razdrajeniyega o‘ta sezuvchanlik. | Yaroqsiz |
63. Eshitish aniqligi pasayishi: | |
63.1. Bir quloq to‘liq karligi, nutq chastotalari(500,1000,2000Гц) 20dan 30 dB, 4000Гцda 65dB gacha, pichirlash masofasi 2 metrgacha bo‘lgan ikkala quloq eshitilishi. |
Yaroqsiz |
63.2. Ikkala quloq eshitish darajasi pasayishi, nutq chastotalari(500,1000,2000Гц) 10dan 20 dB, 4000Гцda 60dB gacha, pichirlash masofasi 3 metrgacha bo‘lgan eshitilishi. |
Yaroqsiz |
63.3. Bir quloq eshitish darajasi pasayishi, nutq chastotalari(500,1000,2000Гц) 20dan 30 dB, 4000Гцda 60dB gacha, pichirlash masofasi 2 metrgacha bo‘lgan eshitilishi, eshitish darajasi ko‘tarilishi nutq chastotasi (500,1000,2000Гц) 10dB gacha, 4000Гцda 50dB gacha, pichirlash masofasi 5 metrgacha bo‘lgan eshitishda. |
Yaroqsiz |
Fuqaro (tijorat) aviatsiyasi uchuvchilarini boshlang`ich tayyorlov kursi dasturlari |
Havo qonunchiligi. |
Havo kemalari tuzilishi: Samolyot, tizimlari, dvigatellari. |
Havo kemalari tuzilishi: Asbob uskunalari. |
Havo kemalarini yuklash va markazlashtirish. |
Havo kemalarining parvoz tavsifi. |
Parvozlarni rejalashtirish. Parvozlarni tezkor boshqarish CRM |
Meteorologiya. Fuqaro aviatsiyasining meteorologik ta’minoti. |
Havo navigatsiyasi- Radionavigatsiya va navigatsiya tizimlari. |
Tezkor harakatlar. |
Aerodinamika va parvozlar dinamikasi. |
Visual parvozlar va asboblar bo`yicha parvozlar qoidalari. Havo harakatiga xizmat ko`rsatish. IIB vakillari bilan radioaloqa olib boorish tartibi va qoidalari. |
Parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimi. |
Aviatsion ingliz tili va radioalmashuv frazeologiyasi. |
Aviatsiya tibbiyoti. |
FAdagi aviatsiya xavfsizligi. |
Kelishuv varag`i. |