Uchuvchilar va bortkuzatuvchilar boshlang’ich tayyorlov kurslari bilan qiziqadigan shaxslarga afsus bilan shuni ma’lum qilamizki, COVID19 pandemiyasi tufayli vujudga kelgan dunyo aviatransporti soxasidagi keng ko’lamli inqiroz sababli fuqaro aviatsiyasi uchuvchilar va bortkuzatuvchilar tanlovi va boshlang’ich tayyorgarligi bo’yicha barcha tadbirlar vaqtincha to’xtatiladi.
Qayd etilgan o’quv jarayonlari qayta tiklanishi haqida o’z vaqtida ommaviy axborot vositalarida, bizning rasmiy veb- saytimizda va ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumot berib turamiz.